Maxfiylik siyosati
Bu siyosat GADZO by IN-WEB (Xizmat) qanday ma’lumot yig‘ishi, nima uchun va qanday himoya qilishini tushuntiradi.
1. Qanday ma’lumot yig‘amiz
Hisob ma’lumoti: Telegram identifikatori, ism, telefon raqami, rol va biriktirilgan filiallar.
Do‘kon ma’lumoti: tashkilot nomi, manzil, faoliyat turi, tovarlar, IMEI/seriya raqamlari, savdo, kirim, mijozlar, rassrochka va moliyaviy yozuvlar — ularni sizning jamoangiz kiritadi.
Xavfsizlik ma’lumoti: passkey ochiq kaliti (biometrik ma’lumot qurilmangizdan chiqmaydi va bizga yuborilmaydi), sessiya yozuvlari, audit jurnali.
Demo so‘rovi: saytdagi formada qoldirgan ism, telefon va do‘kon nomi.
2. Nima uchun ishlatamiz
Xizmatni ko‘rsatish, kirishni tasdiqlash va ruxsatlarni nazorat qilish.
Obuna va to‘lovlarni yuritish.
Texnik yordam, xatolarni tuzatish va xavfsizlikni ta’minlash.
Demo so‘rovi bo‘yicha siz bilan bog‘lanish. Ma’lumotlaringiz reklama maqsadida sotilmaydi va uchinchi tomonlarga berilmaydi.
3. Kimlar bilan bo‘lishamiz
Telegram — hisobni bog‘lash va kirishni tasdiqlash uchun.
Click va Payme — obuna to‘lovini qabul qilish uchun; karta ma’lumotlari bizga kelmaydi, ular to‘lov tizimida qoladi.
Qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlari so‘rovi bo‘yicha.
Texnik yordam xodimi ma’lumotlaringizni faqat egasining ruxsati bilan, ko‘rish rejimida va cheklangan muddatga ko‘ra oladi.
4. Himoya
Ma’lumotlar tenantlar bo‘yicha ajratilgan; har bir so‘rovda tashkilot va rol serverda tekshiriladi. Sotuvchi uchun tannarx va foyda API javobida umuman qaytarilmaydi.
Aloqa shifrlangan (HTTPS), parollar saqlanmaydi, muhim amallar audit jurnaliga yoziladi.
5. Saqlash muddati
Ma’lumotlar obuna davrida va undan keyin 30 kun arxivda saqlanadi. Savdo va moliyaviy hujjatlar yaxlitlik uchun jismonan o‘chirilmaydi, faqat bekor qilinadi yoki arxivlanadi.
Demo so‘rovlari aloqa jarayoni tugaguncha saqlanadi.
6. Cookie va brauzer xotirasi
Xizmat kirish sessiyasi, til va mavzu (yorug‘/qorong‘i) sozlamalarini saqlash uchun brauzer xotirasidan (cookie, localStorage) foydalanadi. Reklama va kuzatuv cookie’lari ishlatilmaydi.
7. Sizning huquqlaringiz
Siz o‘z ma’lumotingizni ko‘rish, tuzatish, eksport qilish va o‘chirishni so‘rash huquqiga egasiz. So‘rov yuborish uchun saytdagi «Demo so‘rash» formasi orqali bog‘laning.
Siyosat yangilanishi mumkin; muhim o‘zgarishlar Xizmat ichida e’lon qilinadi.